(370) 717-17-76
O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

 

     Bo`lim boshlig`i: Gaziyev Shukurjon Shuxrat o`g`li

     Telefon raqami: (97) 447-50-73

     Internet pochtasi: shukurjon.gaziyev@mail.ru

 

 

 

BO`LIM TARIXI

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo`limi O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2019-yil 26-avgustdagi 683-U-sonli buyrug`i asosida tashkil topgan.Mazkur bo`lim O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga tayyorlash, Respublika va xalqaro anjumanlarga tayyorlash, ilmiy faliyatni tashkil etish va nomli stipendiyalarga talabalarni tayyorlashni o`z oldiga maqsad etib qo`ygan.

BO`LIMNING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI:

- Iqtidorli talabalarning faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

- Iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

- Iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishni tashkil;

-  Muammolar kengash bilan hamkorlikda tanlab olingan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;

- Ilmiy kengash, kafedra va dekanat taklifiga binoan talabga javob bermagan talabani iqtidoeli talabalar guruhidan chiqarish;

- Iqtidorli talabalarini ilmiy tekshirish laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishini ta`minlash va nazoratga;

-  Respublika va xalqaro miqyosda o`tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpiadalari, seminarlar, tanlovlarda iqtidorli talabalarning ishtirokini ta`minlash;

- Horijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga iqtidorli talabalarning borishiga tavsiya etish va tashkil;

- “Eng yaxshi ilmiy ish” tanlovini tashkil qilish va  o`tkazish, iqtidorli talabalar orasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlar olib borish;

- Kafedralar va laboratoriyalarda iqtidorli talabalar bilan ishlovchi mas`ul hodimning olib borayotgan ishlarini nazorat qiladi, u yerda yaratilgan muhitni va sharoitni o`rganadi;

- Iqtidorli talabalarga mualliflik guvohnomalarini, patentlarini hujjatlashtirish;

 

- Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishga yaqindan yordam ko`rsatadi..